Kimlar uchun
- Hamkasblar, hayvon egalari yoki hamkorlar bilan ingliz tilida gaplashadigan veterinarlar va veterinar stomatologlar.
- Chet elda ishlash, amaliyot o'tash yoki o'qishga tayyorlanayotgan veterinarlar.
- Xalqaro maqola va tavsiyalarni o'qiydigan yoki konferensiyalarda chiqish qiladigan veterinarlar.
Yo'nalish veterinar stomatolog bilan darslardan o'sib chiqqan, shuning uchun stomatologiya batafsil yoritilgan; qolgan modullar mayda hayvonlar bilan ishlaydigan har qanday amaliyotga mos. Kerak bo'lsa, o'zbek yoki rus tilida tushuntiriladi.
Nimalarni o'rganasiz
| Modul | Nimani mashq qilasiz |
|---|---|
| Kirish: Clinic English | Ishlayotgan klinikaning so'z va iboralari |
| 1. The body and the mouth | Anatomiya, og'iz va tishlar batafsil |
| 2. Taking the history | Egalardan odatlar, ovqatlanish va xulq haqida so'rash |
| 3. Dental signs | Og'iz bo'shlig'ida ko'rganlaringizni tasvirlash |
| 4. Symptoms and diseases | Simptomlar, tashxislar, raqamlar va telefonda gaplashish |
| 5. Talking with owners | Topilmalar va variantlarni aniq va muloyim tushuntirish |
| 6. Procedures, step by step | Muolajani undan oldin va keyin tasvirlash |
| 7. Results, notes and referrals | Tahlil natijalari, kartadagi yozuvlar va yo'llanmalar |
| Nazorat testlari 1 va 2 | 1–3 va 4–7-modullar, ustoz tekshiradigan yozma topshiriq bilan |
Darslar qanday o'tadi
- Platformada har bir modulda taxminan 80 ta topshiriq: klinikadagi dialoglarni tinglash, o'qish, lug'at va grammatika, avtomatik tekshiruv bilan.
- Bir xil bemorlar moduldan modulga o'tadi, siz holatni birinchi qabuldan yo'llanmagacha kuzatib borasiz.
- Yozma ishlar — yozuvlar, egalarga xatlar va yo'llanmalar — ustoz tomonidan matnning o'zida izohlar bilan tekshiriladi.
- Speaking ustoz bilan, u hayvon egalari va hamkasblar rolini o'ynaydi.
- Har bir yangi so'z trenajyorga tushadi va 1, 3, 7, 16, 35, 90 va 180 kundan keyin qaytadi.

Daraja, format va narx
Modullar B2 darajasida yozilgan. Darajangizni bilmaysizmi? Avval bepul daraja testini topshiring va natijani sinov darsiga olib keling.
Vet English individual o'tadi: haftasiga 60 daqiqalik 3 ta dars, boshlang'ich narxda oyiga 2 399 000 so'm (oddiy narx 3 389 000). Birinchi dars bepul. Barcha formatlar narxlar sahifasida.
Yetti moduldan keyingi daraja sizning natijalaringiz asosida tuziladi: tabiiy tezlikdagi autentik tinglash, haqiqiy maqola va tavsiyalar, C1 grammatikasi.


